Mexmash
Mexmash LLC
MexmashMexmash
Bosh sahifa
Biz haqimizdaKompaniya tarixiSertifikatlarStatistika
MahsulotlarYangiliklarMediaDillerlarBo'sh ish o'rinlariAloqa
Bosh sahifa
Biz haqimizdaKompaniya tarixiSertifikatlarStatistika
MahsulotlarYangiliklarMediaDillerlarBo'sh ish o'rinlariAloqa

MEXMASH

Mexmash MChJ — mahkamlagich mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi. 2016 yildan beri.

Sahifalar

Bosh sahifaKompaniya haqidaMahsulotlarYangiliklarMediaDillerlarBo'sh ish o'rinlariAloqa

Aloqa ma'lumotlari

+998 (94) 008-08-00+998 (90) 791-81-88info@mexmash.uz

O'zbekiston 160103, Namangan, Oromgoh ko'ch., 27

Ijtimoiy tarmoqlar

InstagramFacebookTelegram
© 2026 Mexmash MChJ. Barcha huquqlar himoyalangan.
Bosh sahifaYangiliklar

Yangiliklar

Yangiliklarга
“Mexmash” Samorezlari Endi Yevropada
Nashr qilingan: 22-mart, 2026209

“Mexmash” Samorezlari Endi Yevropada

Kompaniyamiz mahsulotlari Yevropa bozoriga eksport qilinadi.

Namangan shahrida joylashgan “Mexmash” MChJ  korxonasi yuqori sifatli shurup va samorezlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, nafaqat O‘zbekiston bozorini, balki yaqin xorij bozorlarini ham o‘z mahsulotlari bilan ta'minlab kelmoqda.

Hozirda korxona Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon va Rossiya kabi mamlakatlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilmoqda.  Endilikda Sharqiy Yevropa orqali G‘arbiy Yevropaga kirib borish hamda Eron orqali Arab davlatlariga eksport sari intilmoqda.

Kuni kecha zavod izlanishlarning samarasi o‘laroq turli xildagi, jumladan, pressshaybali, yevrovint, o‘tkir tig‘li, deraza romlari va sendvich panellar uchun maxsus samorezlarni ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ular maishiy hayotda keng qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, Tayvan texnologiyasi bo‘yicha tayyorlanadi.

Kompaniyada ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan mahsulotlar:

Tom samorezlari – tom tunukalarini (profnastil) yog‘och yoki metall konstruksiyalarga qotirishda ishlatiladi. Bu samorezda o‘zining bosh qismidan tashqari alohida EPDM rezina qoplamali shayba o‘rnatilgan bo‘lib, bu rezina suv yoki namlikni sizib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yog‘ochdan ishlangan materiallarni o‘rnatishda ishlatiladi. Kichik buramasi mavjudligi sababli yog‘och mahsulotlarini osongina burab, kirib ketishga mo‘ljallangan.Korxona turli o‘lchamda hamda turli ranglarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Tom samorezlarining yana bir turi – bu qalin metall konstruksiyalarga qotirish uchun mo‘ljallangan sariq qoplamali samorez. Bu turdagi samorezlardan asosan metalni metalga qotirishda ko‘proq foydalaniladi.

Sendvich panel samorezi – turli qalinlikdagi sendvich panellarni metal yoki yog‘ochli konstruksiyaga qotirishda ishlatiladi. Bu samorez ham sendvich panelni mustahkam ushlashi va konstruksiya ichiga namlik o‘tkazmasligi uchun EPDM qoplamali shayba bilan jihozlanadi. Samorez uch qismiga teshib kirish uchun burg‘ilovchi shakl berilgan. 

Pressshaybali samorezlar  – 1 mm.gacha qalinlikda bo‘lgan profillar va po‘lat qoplamalarga metall qurilish elementlarini ulashda ishlatiladi. Bunday o‘tkir tig‘li shuruplar uglerodli po‘latdan tayyorlanadi va uzoq muddatli xizmat hamda namlikka chidamlilikni kafolatlaydi. Bu samorezlarning uch qismi ishlatish o‘rniga qarab uchli yoki burg‘ilovchi shaklda bo‘lishi mumkin.

Oyna va eshik rom profillari samorezlari – Philips (Ph) №2  yoriqli hamda yashirin boshli samorez – Plastmassa, alyumin va yog‘ochli profillar hamda deraza va eshik konstruksiyalarini qotirish uchun foydalaniladi. O‘rnatilganda bosh qismi konstruksiya ichiga botib turganligi sababli yashirin deb nom olgan. Uch qismi burg‘ilovchi shaklida chiqariladi.

Plastikli dyubel mixlari – remont va qurilish ishlarida keng qo‘llaniladigan qotirish moslamasi. Buning yordamida turli xil yuza qismlarga barcha turdagi materialni osonlik bilan qotirish mumkin. Plastmassa va maxsus metall qismning birikmasi ishonchli qotirish kombinatsiyasini ta'minlab beradi.

Yevrovint (konfirmat vint). Mazkur turdagi shurup o‘zining maxsus shakli tufayli DSP, MDF, LDSP, yog‘och hamda qo‘p qavatli fanerdan tayyorlanadigan zamonaviy korpusli mebellarning elementlarini qotirish va biriktirishda keng ko‘lamda foydalaniladi. Shurupning sterjeni to‘mtoq uchli bo‘lib, keng rezbaga ega. Bunday shakl qotirishda mustaxkamlikni ta'minlaydi hamda biriktirilayotgan materiallarning darz ketishi yoki shishib chiqishining oldini oladi. Ushbu shurup Tayvandan keltirilgan 4 pozitsiyali uskunada maxsus markali po‘lat mahsulotidan tayyorlanadi.